Saudiya AQSH elchixonasiga hujumni keskin qoraladi

Olam

image

Saudiya Arabistoni hukumati Ar-Riyodda joylashgan AQSH elchixonasiga qilingan Eron hujumini eng qat’iy tarzda qoralashini bildirdi. Rasmiy bayonotda bu harakat xalqaro huquq normalarining qo‘pol buzilishi ekani ta’kidlangan. Bu haqda SPA yozdi.

Podshohlik hujum 1949 yilgi Jeneva konvensiyalari va 1961 yilgi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi talablariga zid ekanini qayd etgan. Ushbu hujjatlar diplomatik binolar va xodimlar daxlsizligini, hatto qurolli to‘qnashuv sharoitida ham, kafolatlaydi.

Rasmiylar bu kabi harakatlarning takrorlanishi mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirishini bildirib, mamlakat o‘z xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, fuqarolari va strategik manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgan. Jumladan, javob berish varianti ham istisno etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi AQSH elchixonasiga uchuvchisiz apparatlar orqali amalga oshirilgan hujumga javob qaytarilishini ma’lum qilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Saudiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing