“Sariq” hududlarda yana bir faoliyat turiga ruxsat berilishi mumkin

Jamiyat

image

Respublika maxsus komissiyasiga “sariq” hududlarda ham sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘quv markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritildi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova ma’lum qildi.

“Hozirda oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanayotgani va abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida “sariq” hududlarda ham sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘quv markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritilgan”, dedi AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda Feruza Madrahimova.

Ma’lum qilinishicha, komissiyaning “sariq” hududlardagi o‘quv markazlarida ta’lim jarayonlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng, buni tashkil etish mumkin bo‘ladi. Hozirgi paytda “sariq” va “qizil” hududlardagi o‘quv markazlarlarida masofaviy ta’lim tashkil etishni tavsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyun holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kiritilgan takliflar, bemorlarni butunlay sog‘ayishi hamda epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman (shahar)larning toifalarini o‘zgartirildi.


Maqola muallifi

Teglar

o'quv markazi

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made