Sarguzasht turizmiga oid davlat standarti joriy etiladi

Jamiyat

image

“Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan “Sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar” davlat standarti ishlab chiqildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur davlat standarti O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2023 yil 18 yanvardagi buyrug‘i bilan qabul qilingan. Standart joriy yilning 18 aprelidan amalga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu standart sarguzasht turizmi faoliyati provayderlari uchun xavfsizlikni boshqarish tizimining talablarini belgilaydi. 

Provayder ushbu standartdan quyidagilar uchun foydalanishi mumkin:

  • xavfsizlik samaradorligini oshirish;
  • ishtirokchilar va xodimlar xavfsizligiga nisbatan kutilmalarni oqlash;
  • xavfsiz amaliyotni ko‘rsatish;
  • amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini qo‘llab-quvvatlash.

Ma’lumot uchun, ushbu standart har xil geografik, madaniy va ijtimoiy muhitda ishlaydigan barcha turdagi va o‘lchamdagi provayderlar tomonidan qo‘llanilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing