Sardor Rajabov Oliy ta’lim vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
10 Sentabr 7525 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan Sardor Baxtiyorovich Rajabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Sardor Rajabov mehnat faoliyati davomida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i, markaz direktori o‘rinbosari, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti” rahbari lavozimlarida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Sardor Rajabov 1988 yil 9 iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2008 yilda Vestminster xalqaro universitetining “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishida tahsil olgan. Keyinchalik, 2018 yilda shu universitetda “Xalqaro savdo huquqi” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik diplomiga ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etilgan.
Live
Barchasi