Sardoba toshqinidan so‘ng qancha fuqaro uyiga qaytgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Sardoba toshqini vaqtida evakuatsiya qilingan fuqarolarning 74.4 foiz uyga qaytgan. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi bugun, 21 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

"Bugungi kunda Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan evakuatsiya qilingan jami 89 450 nafar aholini 66 580 nafari yoki 74.4 foizi yashash manziliga qaytarildi“, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, 22 ming 870 nafar fuqarolar evakuatsiya qilingan hududlarda qolayotgani ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda tadbirga jalb etilgan barcha mutasaddi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda talafot ko‘rgan hududlarni imkon qadar tezlik bilan tozalash, ta’mirlash va fuqarolarni yashash joylariga qaytarish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, Sardoba falokatida hududda o‘g‘riliklar bo‘lgani bo‘yicha IIB munosabat bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing