Sardoba fojiasida “O‘zbekgidroenergo” aybdormi?

Jamiyat

image

1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgani, suv aholi yashash punktini bosganidan xabaringiz bor. Hali masala to‘liq o‘rganilmay turib, ijtimoiy tarmoqlar ayrim taxminlar o‘rtaga tashlanmoqda va bularning ko‘pchiligi go‘yo haqiqatdek qabul qilinmoqda. Ulardan birida bo‘lib o‘tgan voqealarning asosiy aybdori sifatila  “O‘zbekgidroenergo” AJ ko‘rsatilgan. Tashkilot esa ushbu ayblovlarga nisbatan rasmiy munosabat bildirdi. Unda shunday deyiladi:

“Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi yuzasidan, mamlakatimiz hamda xorijiy OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan, “O‘zbekgidroenergo” AJ nufuziga qarshi qaratilgan noto‘g‘ri talqinlar, asossiz va yuzaki yondashuvlarga nisbatan quyidagi rasmiy munosabatimizni ma’lum qilamiz.

Ma’lumki, 2010-2017 yillar mobaynida Sardoba suv ombori barpo etilgan. Ushbu qurilishda buyurtmachi sifatida Suv xo‘jaligi vazirligi (sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi bosh pudratchi sifatida ishtirok etgan. Bundan tashqari, ushbu ob’ektda 10 dan ziyod yordamchi pudratchi tashkilotlar (subpodryadchik) qatorida “Rezaksoy suv qurilish” MCHJ (hozirgi nomi – “To’palang Water Construction” MCHJ) ham qurilish jarayonlarida o‘ziga ajratilgan qism bo‘yicha qurilish ishlarini bajargan. Mazkur MCHJ tomonidan bajarilgan ishlar tegishli tartibda qabul qilib olingan. 

Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan falokatning tegishli qismida “To`palang HPD Holding” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmaganligini hamda Abdurahmonov Islom Abduganiyevich 2010-2017 yillarda “To`palang HPD Holding” MCHJ hamda uning tegishli shirkat tashkilotlarida umuman faoliyat yuritmaganini alohida ta’kidlaymiz.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi 18 maydagi PF-5044 sonli Farmoniga asosan “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkil etilgan. Shuni aytish joizki, “O‘zbekgidroenergo” AJ Sardoba suv ombori qurilishida mas’ul etib belgilanmagan va ishtirok etmagan.

Sardoba suv omborining ekspluatatsiyasiga oid faoliyati “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz”.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

820

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing