Sardoba fojiasi jabrlanuvchilari uy ololmasa qayerga murojaat qilishi kerak?

Jamiyat

image

Sirdaryoda Sardoba suv ombori yorilishidan zarar ko‘rgan aholi uy ololmasa o‘z tumanidagi komissiyasilarga murojaat qilishi kerak. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayoyev Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.

“Bu masala bo‘yicha aniq strategiyaga egamiz. Bu uylardan tashqari, eski kolxoz idoralari, mashina-traktor parklari bo‘lgan uylarni ta’mirlab, 60 ga yaqin xonadonni ta’minlaydigan bir xonali uy qilib ta’mirladik. Bu — zaxira.

Qolaversa, bu yerda 38 ta ikki qavatli uylar talafot ko‘rgan edi. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, ularni ham yangi uylardan qolishmaydigan qilib ta’mirlayapmiz. Bir paytlar bu yerda bir qavatli qilib yotoqxona shaklda qurilgan uylar ham ta’mirlanyapti.

Har bir bitta tuman hokimligida uylarni egalariga berish bo‘yicha komissiyalar ishlayapti. Ana shu komissiyalarga murojaat qilinsa, o‘rganib chiqamiz va albatta, uy bilan ta’minlaymiz”, deydi viloyat hokimi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4710 ta xonandon 1 oy ichida foydalanishga topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv toshqini

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing