Saraton kasalligini oldini oluvchi mahsulotlar ma’lum qilindi

Olam

image

Rossiyalik diyetolog organizmni saraton o‘smalaridan himoya qila oladigan mahsulotlarni ma’lum qildi.

Federal ovqatlanish va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchisi Natalya Denisovaning aytishicha, bunday mahsulotlarga deyarli har kuni iste’mol qilinadigan kartoshka va piyoz kiradi. 

Mutaxassis ba’zi mahsulotlar tarkibidagi antioksidantlar (C, E vitaminlari va beta-karotin) hujayralar shikastlanishi jarayonini to‘xtatishini ma’lum qilgan. Bunday "qobiliyatga ega" mahsulotlarga kivi, qora smorodina, na’matak, qizil qalampir, shuningdek o‘simlik yog‘i va yong‘oqlar kiradi.

Bundan tashqari, pomidor, apelsin va bulg‘or qalampiri ham antioksidantlarga boy ekani aytilgan. 

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bachadon bo‘yni saratonini bartaraf qilishni tezlashtirish bo‘yicha Global strategiyasini taqdim etgani haqida ma’lumot bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing