“Santos” muzeyida Neymarning haykali o‘rnatildi
Sport
−
16:04 572 1 daqiqa
Braziliyaning “Santos” klubi muzeyida jamoa tarbiyalanuvchisi va klub afsonasi Neymarning haykali ochildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Neymarning haykalining tantanali ochilish marosimida futbolchining o‘zi ham ishtirok etdi.
Neymar 2025 yilda o‘zining ilk professional klubi — “Santos”ga qaytgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil dekabr oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
2026 yilgi mavsumda hujumchi “Santos” safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.
Faoliyati davomida Neymar “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Al-Hilol” klublari sharafini ham himoya qilgan.
Neymar shuningdek, Braziliya milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U terma jamoa safida 130 ta o‘yinda ishtirok etib, 80 ta gol muallifi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Neymar terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi