“Santa-Barbara” seriali aktyori o‘z joniga qasd qildi

Madaniyat-san’at

image

"Santa-Barbara" serialida rol ijro etgan aktyor Piter Likassi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda uning do‘sti Maykl Sigel ma’lum qildi, deb yozmoqda "Izvestiya" nashri. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyor 27 avgust kuni vafot etgan. "Piter Likassi depressiya bilan kurashda yutqazdi va o‘z joniga qasd qildi. Piter ko‘p yillar davomida ruhiy tushkunlik bilan kurashgan, o‘ta yopiq hayot kechirishni afzal ko‘rgan", degan marhumning do‘sti. 

Sigel do‘stini quvnoq va iqtidorli inson sifatida eslaydi, 16 yil davomida sahnada u bilan yonma-yon ishlash baxtiga muyassar bo‘lganini ta’kidlaydi.

Likassi 1959 yilda tug‘ilgan edi. 1984 yilda ilk bor ekranga chiqqan. 1989 yilda aktyor "Santa-Barbara"serialida epizod rol ijro etgan. Unga eng katta mashhurlikni "Kosmoslik qotil klounlar" filmidagi muzqaymoqchi roli keltirgan edi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing