Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Halimovich Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Haydarov 1989 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat, 2012 yilda magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009 yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelgan.

U 2024 yilning iyun oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Keyin esa Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Haydarov Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing