Sanksiyalar bilan bo‘g‘ilgan Rossiyaning tashqi qarzi hajmi e’lon qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasining tashqi davlat qarzi 2022 yil 1 aprel holatiga qariyb 2,6 mlrd dollarga kamayib, 57 mlrd dollardan biroz ko‘proq bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Rossiya Hisob palatasining joriy yilning birinchi choragidagi byudjet ijrosi bo‘yicha tezkor hisobotida aytiladi.

Rossiyaning joriy yilning 1 aprel holatiga tashqi davlat qarzi 57 mlrd 143,2mln dollarni tashkil qilmoqda. Bu Rossiya davlat tashqi qarzi uchun belgilangan miqdorning (70,7 mlrd dollar) 80,8 foiziga teng. Davlat tashqi qarzi yil boshidan beri 2 mlrd 558,8 mln dollarga yoki 4,3 foizga kamaygan. Shu bilan birga rubl ekvivalentida davlat tashqi qarzi yil boshidan beri 369 mlrd 470,1 mln rublga yoki 8,3 foizga ko‘paygan hamda 1 aprel holatiga 4 trln 804 mlrd 890 mln rublni tashkil qilmoqda.

Qayd etilishicha, birinchi chorakda Rossiya Federatsiyasining tashqi davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 2021 yilning shu davriga nisbatan 11,4 milliard rublga (41,2 foizga), dollar ko‘rinishida 24,6 million AQSH dollariga (6,6 foizga) oshgan.

Ushbu daromadlarning o‘sishi hisobot davrida Rossiya valyutasiga nisbatan xorijiy valyuta kurslarining oshishi, shuningdek, 2022 yil 31 martda “Rossiya-2022” yevroobligatsiyalarini qisman sotib olish paytida chegirma va to‘plangan kupon daromadlarini to‘lash bilan bog‘liq.

Qayd etish kerakki, Rossiyaning Ukrainaga kenga ko‘lamli hujum boshlashi ortidan rasmiy Moskvaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish sohasini ham chetlab o‘tmadi. AQSH Rossiyaga qarzini dollarda to‘lashni taqiqladi. Buning ortidan qarzni to‘lash murakkablashdi. Rossiya puli bo‘la turib, qarzini to‘lash uchun turli yo‘llarni izlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Agarda qarz to‘lanmasa mamlakat defolt deb e’lon qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qarz

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing