Sankt-Peterburgdagi kvartiradan o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi
Olam
−
29 oktabr 2024 10479 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Peyzaj ko‘chasidagi kvartiradan asli o‘zbekistonlik bo‘lgan 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, marhum yurak sohasidagi jarohat bilan topilgan. Voqea joriy yilning 27 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan tungi soat 12:00 dan keyin sodir bo‘lgan. Asli toshkentlik bo‘lgan yigit voyaga yetgandan ikki hafta o‘tib, Rossiya pasportini olgan. U bilan kvartirada 20 yoshli sankt-peterburglik qiz ham bo‘lgan. Qizning huquq-tartibot organlariga bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, 26 oktyabr kuni ular kvartirani ijaraga olgan va kechqurun spirtli ichimlik ichib, kelajak rejalarini muhokama qilgan. Taxminlarga ko‘ra, qiz yigit bilan birga yashamasligini aytgan.
Qizning onasi ham voqeani tasdiqlagan, biroq tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortgan.
“Qiz haqida shuni bilish mumkinki, 2019 yilda, ya’ni qiz 15 yoshda bo‘lganida u uyidan qochib ketgan va politsiya tomonidan qidiruvga berilgan. 2020 yilda esa bu holat yana takrorlangan. Ehtimol, qiz Primorskiy tumanidagi restoranda ishlagan. Bu joyda Yevropa, Rossiya, Sharq va Yapon taomlari tayyorlanadi”, deyiladi xabarda.
Hozirda politsiya voqeani tergov qilishga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir 42 yoshli hamyurtini pichoqlagani xabar qilingan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28