Sankt-Peterburgda federal qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Jamiyat
−
17 iyul 2021
9135Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Pulkovo aeroporti hududida federal qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. Bu haqda RiaFAN xabar berdi.
Qayd etilishicha, hibsga olingan 34 yoshli o‘zbekistonlik erkak ilgari soxta hujjatlardan foydalangani sababli firibgarlikda ayblangan. Erkak 4 yil davomida, aniqrog‘i 2017 yildan beri jazoni o‘tashdan qochib yurgan.
Shuningdek, aeroportda firibgarlikda gumon qilinayotgan Rossiyaning 25 yoshli fuqarosi ham qo‘lga olingan. U bir necha kun davomida sud ijrochilaridan yashirinib, Vladikavkazga uchib ketmoqchi bo‘lgan.
LiveBarchasi