San Jay Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini ruxsatsiz kuylagani uchun jazolandi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, San Jay tahallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Sanjar Javberdiyev shoir Usmon Azimning she’ridan ruxsatsiz foydalanganligi sababli Ma’muriy sud tomonidan javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilgandi.

Joriy yilning 29 iyunida Intellektual mulk agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida yana bir murojaat kelib tushgan. Murojaatda fuqaro Sanjar Javberdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Sherali Jo‘rayev qalamiga mansub “Gulbadan” hamda “Atirgulim atringni soch” nomli she’riy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalanganligi bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.

Agentlik tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topgan. 

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasiga muvofiq huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.

Agentlik tomonidan fuqaro Sanjar Javberdiyevga nisbatan holat yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilib, ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilgan.

Mazkur ma’muriy ish materiallari 2021 yilning 20 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro Sanjar Javberdiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-1-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sanjay Javberdiev

Baholaganlar

926

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar