San’atkorlar uchun yangi mukofot ta’sis etildi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2022 14064 2 daqiqa
“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti joriy etildi. Bu haqda joriy yilning 14 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti to‘g‘risida"gi nizomda keltirilgan.
Ushbu mukofot bilan O‘zbekiston madaniyati va san’atini yuksaltirgan, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli ijodi bilan katta hissa qo‘shgan iste’dodli ijodkorlar taqdirlanadi.
Mukofot bilan taqdirlash har yili an’anaviy tarzda bir marta ijodkorlar o‘rtasida quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
• Milliy mukofot nominatsiyalari (jami 20 ta nominatsiya) har yili 10 yanvardan 10 fevralgacha tanlab olinadi;
• tanlab olingan nominatsiyalar har yili 1 martgacha e’lon qilinadi;
• mukofotlash uchun nomzodlar har yili 1 noyabrgacha Madaniyat vazirligi (ishchi organ)ga taqdim etiladi;
• ishchi organ har yili 1-10 noyabr kunlari nomzodlarga oid hujjatlarni ko‘rib chiqadi;
• komissiya har yili 10-15 noyabr kunlari hujjatlarni ko‘rib chiqib, eng yaxshi 3 nafar nomzodlarni (har bir nominatsiya bo‘yicha) saralaydi;
• eng yaxshi 3 nafar nomzodlar ro‘yxati har yili 15 dekabrdan kelgusi yilning 10 yanvar kuniga qadar ijtimoiy tarmoqlarga keng jamoatchilik ovoz berishi uchun joylashtiriladi;
Joriy yil g‘oliblarining taqdirlanishi kelgusi yil 25 yanvar kuni tashkil etiladi.
Mukofotga sazovor bo‘lgan ijodkorlar bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi va ularga Mukofot maxsus statuetkasi hamda sertifikati topshiriladi.
Live
Barchasi