San’atkorlar to‘plagan xayriya mablag‘lari va mahsulotlar 29 ta yuk avtomobilida Sirdaryoga yetkazildi (fotoreportaj)

Madaniyat-san’at

image

Sardobada yuz bergan Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida minglab yurtdoshlarimizning xonadonlari, ekin maydonlari, turli ob’ektlar zarar ko‘rdi. Shunday kunlarda esa ezgulik va saxovat, muruvvat va hamjihatlik fazilatlarini namoyon etgan xalqimiz o‘zaro jipslashdi. Mehr-oqibat mustahkamlandi. Butun Respulika bo‘yicha turli idoralar, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar va oddiy aholi tomonidan Sardobaga “Biz siz bilanmiz” shiori ostidagi saxovat karvonlari yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madanyat vazirligi tomonidan ham “Saxovat va ko‘mak” shiori ostida aksiya e’lon qilindi. Bunga javoban esa Madaniyat vazirligi jamoasi hamda vazirilik tizimidagi tashkilotlar, estrada xonandalari, teatr aktyorlari va madaniyat sohasi vakillari ham faol ishtirok etib, qisqa fursatda 29 ta yuk mashinasiga ortilgan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, maiishiy texnika vositalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi mahsulotlar Sirdaryo tomon yo‘lga otlandi.. Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod, Yangiyer va Sardoba tumanlariga ham xayriya mahsulotlari yuborildi.

Madaniyat ahli bilan tashrif burgan yuk mashinalari o‘z manzillariga yetkazildi.

So‘ng, madaniyat va san’at vakillari ma’naviy va ruhiy ko‘mak berish maqsadida Sardoba tumaniga O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov, Yoqub Ahmedov, Sirdaryo viloyat iqtisoslashtirilgan Olimpiya zahiralari kollejiga evakuatsiya qilingan,  vaqtincha joylashtirilgan 400 nafarga yaqin aholiga Mirza Azizov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Turg‘un Beknazarov, Boriy Alixonov, estrada xonandalari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva, xonanda Munisa Rizayeva, Jahongir Foziljonov hamda teleboshlovchi Davron Kabulovlardan iborat el ardog‘idagi san’atkorlar tashrif buyurishdi. Ular bilan karantin qoidalariga amal qilgan holda yuzma-yuz dildan suhbat qurishdi, dardlashishdi. 

Saxovat tadbirlari shu bilan tugab qolgani yo‘q. Oq oltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida sodir bo‘lgan ofatdan jabrlangan aholi xonadonlarini tiklash ishlari uchun ham pul mablag‘lari yig‘ilmoqda. Ayni kunda madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan 38 370 nafar xodimlarining bir kunlik ish xaqqilari to‘planib, mablag‘lar ta’mirlash va tiklash ishlariga yo‘naltiriladi.

Suratlar muallifi Sherzod Ikramutdinov


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing