San’at va madaniyat instituti kafedra mudiri $4 000 bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda magistraturaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan kafedra mudiri va uning sherigi ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining talabasi U.X. fuqaro R.ni institut kafedra mudiri orqali magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shundan so‘ng, talabaning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, kafedra mudiri M.E. talaba U.X.dan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing