Samsung selfisevarlar uchun yangi flagmanini taqdim etadi

Texnologiya

image

Selfisevarlar uchun taqdim etilayotgan qurilma narxi juda hamyonbop bo‘ladi. Galaxy M40 6.4-dyuymli displeyga va 12+12+16 megapikselli uchta old va 10 megapikselli orqa kameraga ega bo‘ladi. 

Qurilmaga 8 yadroli Snapdragon 675 protsessori o‘rnatiladi. Shuningdek, u 6 GB tezkor xotira va 64-128 GB doimiy xotira bilan jihozlanadi. Flagmanga kuchli 5000 mAslik tezkor quvvatlanuvchi akkumulyator ham o‘rnatilgan. Qurilma OS Android 9 Pie operatsion tizimida ishlaydi. 

Yana bir muhim jihati, ushbu qurilmada barmoq skaneri funksiyasi ham mavjud bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Galaxy S10 singari funksiyalarga ega bo‘lgan Galaxy M40 smartfoni Osiyo bozorida tez kunda paydo bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, smartfonning narxi 360 AQSH dollar bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing