Samolyotda janjal ko‘targan erkak skotch bilan bog‘lab qo‘yildi

Olam

image

Amerikalik yo‘lovchi samolyotda janjal ko‘tarib, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarini haqorat qilganidan so‘ng o‘rindig‘iga yopishqoq lenta bilan bog‘lab qo‘yildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 sentyabr kuni 67 yoshli Leyn Lundin American Airlines aviakompaniyasining 618-reysida tartibsizlik chiqargan. Shundan so‘ng, u samolyotning birinchi klass o‘rindig‘iga yopishqoq lenta va plastik bog‘ichlar yordamida mahkamlangan.

Dallasdan Nyu-Jersidagi Nyuark shahriga uchayotgan samolyot voqea sabab Baltimor/Vashington Turgud Marshall xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishga yo‘naltirilgan. Samolyot qo‘ngach, Lundin hibsga olingan. Unga ikkinchi darajali hujum va tartibsizlik ayblovlari qo‘yilgan. Ertasi kuni sudda ayblovlar o‘qib eshittirilgach, Lundin hayratlanib:

“Men politsiya xodimiga hujum qildimmi? Unda shunday yozilganmi? Mening ko‘zoynagim yo‘q. Voy Xudoyim, qanday tartibsizlik... Men hech narsani eslay olmayman”, degan u.

Hodisadan so‘ng Lundinni jilovlashga yordam bergan sobiq huquq-tartibot xodimi Xuan Mexianing aytishicha, yo‘lovchi American Airlines xodimlari va boshqa yo‘lovchilarga nisbatan irqiy, qo‘pol va ayollarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Yana bir yo‘lovchi Richard Olenik Lundin yonidagi yo‘lovchini hamda vaziyatga aralashishga uringan ayolni urishga harakat qilganini bildirgan. Lundinni ushlab turishga yordam bergan Olenikning so‘zlariga ko‘ra, yopishqoq lenta uning harakatlarini cheklagan, biroq u qarshilik ko‘rsatishda davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi Sheremetevo xalqaro aeroportida reysga kechikkan ikki ayol samolyotga yetib olish uchun uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqib, samolyotni to‘xtatishga uringan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing