Samolyotda jamoat tartibini buzgan shaxs qamaldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 dekabr kuni “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga V-2755 reysi bilan “Minsk-Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan, fuqaro G‘.A. mast holda samolyot bortida jamoat tartibini buzgan. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Havo kemasida jamoat tartibini buzgan shaxsga nisbatan Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB inspektorlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Qayd etilishicha, 26 dekabr kuni fuqaro G‘.A.ga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sirg‘ali tuman sudi tomonidan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing