SamDUga Sharof Rashidov nomi berildi
Jamiyat
−
14 yanvar 2022
4520“Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–82-son, 13.01.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga asosan Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi.
Qayd etilishicha, universitetda Transformatsiya ofisi tashkil etiladi. Transformatsiya ofisi Universitetni 2026 yilgacha xalqaro reytingda birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritishga mas’ul hisoblanadi.
Shuningdek, qaror bilan Universitetni 2022–2025 yillarda rivojlantirish dasturi va maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Dastur doirasida yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish asosida “Startap” markazi tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, universitetda quyidagilar tashkil etiladi:
• Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;
• Muhandislik fizikasi instituti;
• Universitetning Urgut filiali.
Mazkur institutlarda va Urgut filialida ta’lim kredit-modul tizimi asosida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.
LiveBarchasi