SamDU talabasi 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi
3-sahifa
−
30 mart 2022
13496Samarqand davlat universitetining 23 yoshli talabasi (qiz bola) universitet yotoqxonasining 9-qavatidan tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 29 mart kuni tungi soat taxminan 02:03 da Pastdarg‘om tumanida yashagan 1999 yilda tug‘ilgan E.S. Samarqand shahri Spitamenshoh ko‘chasida joylashgan talabalar turar joyining 9-qavatidan tushib ketgan.
Buning oqibatida E.S. voqea joyida vafot etgan.
Talaba qiz qanday qilib 9 qavatdagi deraza tokchasiga chiqqani, qanday qilib pastga qulagani aniq emas. Balki u o‘zini 9-qavatdan tashlagan bo‘lishi ham mumkin.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
QALAMPIR.UZ’ga viloyat IIBdan ma’lum qilinishicha, qizning qanday qilib 9-qavatdan tushib ketgani yoki u o‘zini tashlaganiga tergov jarayonlarida aniqlik kiritiladi.
LiveBarchasi