Yonayotgan avtobusdan 50 kishini qutqargan o‘zbekistonlik kimligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan haydovchi yonayotgan avtobusdan 50 nafar odamni qutqarib qolgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi Primorya shossesida ichida 50 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan 211-yo‘nalishdagi avtobus yonib ketgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Avtobus haydovchisi – O‘zbekiston fuqarosi Abdumannon Qarshiyevning tezkor va to‘g‘ri harakatlari sababli hech kim jabrlanmadi. U avtobus haydovchisi sifatida “Tretiy park” OAJda 2016 yildan buyon mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Tashkilotdan olingan xabarlarga ko‘ra, avtobus standart yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan. Haydovchi orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgudan qora tutunni ko‘rib, avtobusni to‘xtatadi, barcha eshiklarni ochib evakuatsiya e’lon qilgan. Yo‘lovchilar sarosimga tushmay, muvaffaqiyatli ravishda avtobusdan chiqishga muvaffaq bo‘lishgan, ulardan hech biri jarohatlanmagan. Haydovchi esa o‘t o‘chirish vositalari orqali alangani mustaqil bostirishga harakat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg TIV yong'in

Baholaganlar

452

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing