Endi itlar ham umrbod pensiya oladi

Olam

image

Italiya uy hayvonlarining holatini yaxshilash bo‘yicha qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. 

Hujjatda muvofiq, hayvonlarning holati "hissiyotga ega bo‘lgan jonzotlar" maqomi sifatida belgilanadi. Itlar va mushuklar "ob’ekt emas, balki tirik mavjudotlar" deb ataladi. Italiya agentliklarining ta’kidlashicha, bu kabi o‘zgarish uy hayvonlarining huquqlarini bolalar huquqlari bilan tenglashtiradi.

Agar norma fuqarolik kodeksiga kiritilsa, jonzotlar egalari hayvonlarning ehtiyojlariga muvofiq hayot kechirishlari shart bo‘ladi. Shunday qilib, er-xotin ajrashgan taqdirda, sud uy hayvonini kim bilan qoldirishni hal qiladi. Itlar boshqa oila a’zolari bilan teng ravishda cherkov va boshqa davlat muassasalariga borish huquqiga ega bo‘ladi. Iste’fodagi politsiya itlari umrbod pensiya oladi. Shuningdek, qonun loyihasida uy hayvonini egalaridan ajratish taqiqlanadi: agar egasi vafot etsa, hayvonlar qarindoshlari tomonidan boqilishi kerak.

Italiyada allaqachon hayvonlarga zarar yetkazganlik uchun “katta” jarimalar va qattiq jazolarni nazarda tutuvchi qonunlar mavjud. Davlat itlarni jamoat transportida tashish uchun ruxsat bergan. Hayvonlar uchun mehmonxonalar quriladi va itlarning maxsus plyajlari tashkil qilinadi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing