“Samarqandshahargaz” operatori pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

“Samarqandshahargaz” bo‘limida o‘tkazilgan tadbirda ta’magirlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Samarqandshahargaz” bo‘limi operatori B.O. mahalliy fuqaro A.A.ning tabiiy gaz iste’molidan mavjud 5 million so‘mlik qarzdorligini yopish evaziga 2,5 million so‘m berishini talab qilib, ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

B.O. aslida ushbu fuqarodan olgan pul mablag‘ini voqea joyiga o‘zi bilan birga kelgan “Samarqandshahargaz” bo‘limi aholi iste’molchilari bilan ishlash operatori A.O‘.ga berishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Mazkur holat tezkor tadbir davomida protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

“Hozirda fuqarolar B.O. hamda N.Y.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing