Samarqandning ayrim ko‘chalarida avtomobil harakati cheklanadi

Jamiyat

image

Samarqandning ayrim ko‘chalarida Yangi yil bayrami munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand shahar hokimining farmoyishiga binoan Yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, “Prezident archasi” tadbirini tashkil etish yuzasidan shaharning quyidagi ko‘chalarida 5 yanvarga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi:

  • Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali oldidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko‘chasi va Ko‘ksaroy maydonida;
  • Alisher Navoiy va Kamol ota Turk ko‘chasi kesishmasida;
  • Beruniy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Temiryo‘l vokzali maydonigacha;
  • Turkiston ko‘chasining TATU Samarqand filiali akademik litseyi binosi oldidan o‘tgan 200 metr qismida;
  • Kimyogarlar qo‘rg‘oni Umid ko‘chasining Ziyokorlar ko‘chasi bilan kesishgan tutashmasidan Darg‘om ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Kimyogarlar qo‘rg‘oni Darg‘om ko‘chasining “Nurafshon” san’at saroyi oldidan o‘tgan qismida;
  • Xishrav qo‘rg‘oni Zakovat ko‘chasining Almati ko‘chasi bilan kesishmasidan Mevali ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Xishrav qo‘rg‘oni Zakovat ko‘chasining 2-Madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan o‘tgan qismida;
  • Farhod qo‘rg‘onidagi “Zarafshon” istirohat bog‘iga tutash ko‘chalarda;
  • Qorasuv massividagi 99-116 uylar oldidan o‘tuvchi tutash ko‘chalarda.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing