Samarqanddagi jamoat transportlarida yo‘l haqi oshdi 

Jamiyat

image

Ertaga, 8 sentyabrdan boshlab Samarqand shahridagi jamoat transportlarida yo‘l haqi 600 so‘mga oshiriladi. Bu Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning 6 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

Qarorda keltirilishicha, joriy yilning 8 sentyabr kunidan boshlab Samarqand shahridagi avtobuslar, elektrobuslar va tramvaylarda yo‘l haqi naqd va bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mga oshiriladi. Transport kartasi bilan to‘lashda esa yo‘l haqi 1600 so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, bir soat ichida bir yo‘nalishdagi transportdan boshqasiga o‘tishlar soniga qarab chegirmalardan foydalanishni ham nazarda tutuvchi moslashuvchan tariflar joriy etiladi. Jumladan, birinchi avtobusda transport kartasidagi yo‘l haqi 1600 so‘m bo‘lsa, ikkinchisiga o‘tganda 400 so‘m, uchinchi va undan keyingisi bepul bo‘ladi. Uchinchi o‘tish tramvayga bo‘lsa, yo‘l haqi 1000 so‘mni tashkil qiladi.

Agar yo‘lovchi avvaliga tramvayda (transport kartasi bo‘yicha 1600 so‘m) ketsa hamda undan avtobusga birinchi o‘tish uchun 1000 so‘m, ikkinchisiga 400 so‘m to‘laydi, uchinchi va undan keyingilaridan esa bepul foydalanadi.

Mazkur qaror orqali cheksiz kunlik tariflar (avtobus + elektrobus) 6000 so‘m, 5 kunlik – 23 ming so‘m, 7 kunlik – 30 ming so‘m, 10 kunlik – 47 ming so‘m va boshqa moslashuvchan tariflar belgilangan . Cheksiz tarif (avtobus + elektrobus + tramvay) kuniga 7000 so‘mni tashkil qiladi. 

Ahamiyatlisi, nafaqadagilar, nogironlar va talabalar uchun 50 foiz chegirma taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tramvay jamoat transporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing