Samarqanddagi YTH oqibatida ikki piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
05 yanvar 2023
5157Samarqand viloyatining Samarqand tumanida ikki piyoda Audi rusumli mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
2023 yil 1 yanvar kuni soat 21:30 larda Samarqand tumani Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida Audi rusumli avtomashinasi oldiga o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan ikki nafar piyodalarning yugurib chiqishi natijasida haydovchi B.U. ularni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi