Samarqanddagi yahudiylar qabristonida yodgorlik majmuasi ochildi

Jamiyat

image

Samarqand shahridagi yahudiylar qabristonida xotira yodgorlik majmuasi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yahudiylar qabristonining 185 yilligi hamda ibodatxonaning 85 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda AQSH, Kanada, Isroil, Rossiya, Avstriya, Germaniya va Avstraliyadan 300 ga yaqin Buxoro-yahudiy diasporasi vakillari ishtirok etgan. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham qatnashgan. 

Marosimda Samarqand viloyati hokimligi, AQSH va Kanada Buxoro yahudiylari kongresi, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va boshqalar ishtirok etib, O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlar qatorida 4 mingdan ortiq yahudiylar ahil-inoq istiqomat qilayotganligini ta’kidlagan. Mazkur maskanning obod bo‘lishiga hissa qo‘shganlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Erkinjon Turdimov Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing