Samarqanddagi to‘yda 19 kishi zaharlandi
3-sahifa
−
01 iyun 2022
11613Samarqand viloyatidagi to‘yda 19 nafar fuqaro ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati rahbari ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, Jomboy tumanida yashovchi 19 nafar fuqaro tibbiyot birlashmalariga to‘y bazmida ovqatdan zaharlangani yuzasidan murojaat qilgan. Shulardan 14 nafari sog‘ligining holati qoniqarli ekanligi sababli ambulator sharoitda davolanishga yuborilgan. 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
IIBga ko‘ra, to‘yda 200 nafar fuqaro zaharlangan deya berilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ushbu xabarlar yuzasidan tekshiruv tayinlangan.
LiveBarchasi