Samarqanddagi tug‘uruqxonadan chaqaloq o‘lik holda topildi
3-sahifa
−
09 yanvar 11103 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida ayol tug‘ruqxona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Boshqarmaga ko‘ra, holat o‘tgan yilning 27 dekabr kuni Payariq tumanidagi tug‘ruqxonada sodir bo‘lgan. Chaqaloq topilgach, uning nafas olmayotgani va o‘lik holda ekani aniqlangan, lekin u onasi tomonidan o‘ldirilganmi yoki yo‘q, bu hali noma’lum.
IIBga ko‘ra, ayni paytda ish bo‘yicha ekspertiza tayinlangan. Bolaning tirik tug‘ilgani yoki homila nobud bo‘lib keyin tug‘ilgani ushbu ekspertizadan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
“Ekspertiza xulosasi e’lon qilinganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, dedi boshqarma matbuot xizmati vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududida joylashgan 12-sonli ishlab chiqarish sexining yer maydoniga taxminan 3-6 oylik bo‘lgan homila ko‘mib ketilgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi