Samarqanddagi shifoxona yonida yong‘in sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
05 avgust 2024 7028 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida Isuzu rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:00 da Payariq tumani “Go‘zal” MFYda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar berilgan.
Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:05 da yetib borib, soat 14:30 da yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Bildirilishicha, hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025