Samarqanddagi SHHT sammitiga qaysi davlatlar rahbarlari kelishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga 14 davlat rahbari tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Asadovga ko‘ra, Samarqanddagi sammitda SHHTga a’zo davlatlar (Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston) rahbarlaridan tashqari, kuzatuvchilar Eron, Belarus va Mo‘g‘uliston Prezidentlari hamda mehmon sifatida Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon va Turkmaniston yetakchilari ishtirok etadi.

“Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi. Ushbu tadbir SHHT yetakchilarining 2019 yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi va O‘zbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi.

O‘zbekiston raisligi davrida asosiy e’tibor tashkilot doirasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini ilgari surish, transport-kommunikatsiya o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish, raqamli transformatsiya va "yashil" iqtisodiyot, SHHTning xalqaro nufuzini mustahkamlash kabi eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga qaratildi”, deydi Asadov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1066

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing