Samarqanddagi maktablarda qishki ta’til qisqa bo‘lishi aytildi
Jamiyat
−
14 dekabr 2022
5657Samarqand viloyatida o‘quv yili boshlanishi kechiktirilgan maktablarda III chorak darslari biroz ertaroq — 2023 yilning 5 yanvaridan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan muhim xalqaro siyosiy tadbir munosabati bilan Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga, shuningdek, Oqdaryo, Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengashlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegishli farmoyishiga asosan, Samarqand tumanidagi 3 ta (7, 23, 53), Toyloq tumanidagi 5 ta (11, 12, 15, 17, 59), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25, 38, 39, 41, 48), Jomboy tumanidagi 6 ta (5, 6, 8, 22, 20 va 44), sonli umumta’lim maktablariga 5-19 sentyabr kunlari navbatdan tashqari ta’til berilgan edi. Qarorlarda qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida beriladigan ta’tillar hisobiga qoplanishi belgilangan.
“Shunga ko‘ra, muassasalarda 5, 6, 7, va 8 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar kuzgi ta’tilning 4, 5, 7 va 8 noyabr hisobidan to‘ldirilgan.
• 9, 10, 12, 13, 14 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar o‘rni qishki ta’til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, (2023 yil 5, 6, 7, 9, 10, yanvar kunlari) jami 5 o‘qish kuni;
• 2022 yilning 15, 16, 17 sentyabr kunlari qoldirilgan dars mashg‘ulotlari o‘rni 2023 yil bahorgi ta’tilning oxirgi 3 o‘qish kuni hisobidan to‘ldirilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi XTV ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 28 yanvardan boshlanib, ta’til 14 kalendar kun davom etadi va III chorak 2023 yilning 11 yanvaridan boshlanadi.
LiveBarchasi