Samarqanddagi qabristonda yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 12 iyun kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in Bozorjo‘y mahallasi hududida joylashgan “Ko‘kto‘nli ota” qabristonida yong‘in boshlangani haqida soat 11:05 da tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Ushbu xabar asosida, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan 2 ta ekipaj jalb qilingan va 12:54 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Hozirga paytda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand qabriston

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing