Samarqanddagi ikkita MCHJda yirik yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Samarqandda ikkita ma’suliyati cheklangan jamiyat binolarida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda binoning taxminan 200 kvadrat metr maydoni zararlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 7 iyun kuni 14:00 da Samarqand shahar “Farovonlik” MFY Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan “Verbatim” MCHJ va “Baxt” MCHJ binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 14:30 da qurshab olgan va soat 16:20 da  alangani bartaraf etgan. Shuningdek, yong‘inga viloyat Obodonlashtirish boshqarmasining texnikalari ham jalb etilgan. 

Hodisa oqibatida binoning taxminan 200 kvadrat metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing