Samarqanddagi gaz korxonasidan yirik yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
10 may 2023
8660Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi gaz korxonasidan yong‘in chiqishi oibatida bir kishi tan tan jarohati oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, voqea kecha, 9 may kuni tumanning “Yangiobod” mahallasida joylashgan tumangaz korxonasi hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 21:25 da xabar kelib tushgan.
Chaqiruvga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni soat 22:30 da qurshab olgan va soat 23:00 da bartaraf etgan.
Yong‘in oqibatida gaz quyish shoxobchasi hududida bo‘lgan 3 ta ISUZU rusumli avtomashina va ularda sig‘imi 50 litrli suyultirilgan uglevodorod gazlari bo‘lgan ballonlar yonib ketgan.
Hodisa shoxobchadagi MAN rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomashinadan gazni zahira sig‘imiga bo‘shatish jaryonida texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.