Samarqandda dahshatli YTHda 3 o‘smir halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
17 Oktabr 2023
18750Kecha, 16 oktyabrga o‘tar kechasi Samarqand shahrining Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Avariyaga uchragan 17 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilda uning ikki do‘sti ham bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina beton to‘siqqa borib urilgan. Qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgach, daraxtga to‘qnashib, yonib ketgan.
Afsuski, olgan tan jarohatlari tufayli haydovchi voqea joyida, ikki yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan.
"Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi viloyat IIB YHXXning ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda haydovchi uxlab qolishi oqibatida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi