Samarqanddagi bog‘ning 1,5 gektar maydoni yonib ketdi. Yong‘in 6 soatda o‘chirildi (video)

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 3 iyul kuni soat 21:10 da Jomboy tumani “Olmazor” MFY Qarapchi qishlog‘ida joylashgan Zarafshon milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar berilgan. Olingan xabarga asosan, yong‘in joyiga 5 ta YOQE soat 21:51 da yetib borgan. 

Bu vaqtda milliy bog‘ning 1,5 gektar maydonida to‘qayzorlar (malina, butazor, shox-shabba) yonayotgan bo‘lgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:51 da o‘rab olinib, soat 04:03 da o‘chirilgan. 

Qayd etilishicha, yong‘inda jarohat olganlar yo‘q. Hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing