Samarqanddagi biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi biolaboratoriya hududida joylashgan dala shiyponidan bir erkakning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Shu yilning 29 iyun kuni soat taxminan 12:30 larda Ishtixon tumani “Mirzaqul” mahallasi Tallak qishlog‘idagi biolaboratoriya hududida joylashgan dala shiyponi binosining orqa tomonidan fuqaro Sh.K.ning murdasi tan jarohatlari bilan topilgan. 

28 iyun kuni soat taxminan 20:00 da “Mirzaqul” mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish oshxonasida fuqaro Z.N. ovqatlanayotgan vaqtida marhum Sh.K. mast holatda kelib turli xil xaqoratli so‘zlar bilan uning shaxsiyatiga tegib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgan. Oqibatda ularning o‘rtasida o‘zaro tortishuv kelib chiqib, ular mahalladagi sobiq “Narpay Elita don” MCHJga qarashli Ishtixon biolaboratoriyasi hududida joylashgan dala shiyponiga borib janjallashgan. 

Fuqaro Sh.K. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan Z.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan Zarmitan konidan ikki nafar shaxsning jasadi topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand jasad biolaboratoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing