Samarqandda yuz bergan yirik yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
10 may 2023
9347Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi gaz korxonasidan yong‘in chiqishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga oid tibbiyot, yong‘in-texnika va sudga oid baholash ekspertizalari tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 may kuni Paxtachi tumanining “Yangiobod” mahallasida joylashgan tumangaz korxonasi hududida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida bir kishi tan tan jarohati olib, gaz quyish shoxobchasi hududida bo‘lgan 3 ta ISUZU rusumli avtomashina va ularda sig‘imi 50 litrli suyultirilgan uglevodorod gazlari bo‘lgan ballonlar yonib ketgan edi.