Samarqandda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 25 mart kuni soat 14:30 larda Samarqand viloyati Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Buxoro” aylanma avtomobil yo‘lining 1080-kilometrida “Mercedes-Benz 1843LS” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘lning o‘ng tomon chetki qismiga ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing