Samarqandda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
3-sahifa
−
27 dekabr 2022 7535 1 daqiqa
Samarqandda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 25 dekabr kuni soat 18:00 da M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Jomboy tumani hududidan o‘tgan qismida Lacetti va Cobalt mashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu hodisaga Lacetti mashinasi yo‘lning qayrilib olish joyidan burilmoqchi bo‘lgan Cobalt'ning yon tomonidan urishi sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng, jarohatlangan ikki kishi shifoxonaga olib borilgan. Ammo o‘tkazilgan muolajalarga qaramasdan ularning ikkisi ham vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr