Samarqandda yoshlar kutubxonasi ochildi

Jamiyat

image

Kecha, 29 iyun kuni Samarqand shahridagi Gagarin ko‘chasida yoshlar kutubxonasi ochildi.

30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan samarqandlik yoshlarga bayram sovg‘asi sifatida tashkil etilgan ushbu kutubxonaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, Samarqand shahar hokimi B.Oblaqulov, shahar faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ushbu kutubxonada 10 mingdan ortiq turli badiiy, ilmiy kitoblar jamlangan. Shuningdek, kutubxonaning elektron kitob fondi ham havas qilgudek. 

Ayni paytda bu yerda bir paytning o‘zida 100 nafar yoshlar kitoblardan foydalanish huquqiga ega. Bundan tashqari, yoshlar foydalanishlari uchun kompyuterlar jamlanmasi ham o‘rnatilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing