Samarqandda VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi topildi

Madaniyat-san’at

image

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan qazishmalar davomida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyining me’moriy qoldiqlari aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, tadqiqotlar Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti ilmiy xodimlari Amriddin Berdimurov, Husniddin Rahmonov va Nigora Mahkamovalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qazishmalar natijasida yodgorlikning Ark (qal’a) qismida joylashgan, milodiy VIII asrning birinchi yarmiga mansub saroy majmuasining me’moriy tuzilishi ochib berildi.

Mutaxassislar ushbu inshootning qurilish uslubi ilk o‘rta asrlar davridagi shaharsozlik, me’morchilik va davlat boshqaruv tizimini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, qazishmalar davomida saroyning zal qismidan VIII asrga oid haykaltaroshlik namunalari ham topilgan. Hozirda ushbu topilmalar yuzasidan ilmiy tadqiqotlar ishlari olib borilmoqda.

Arxeologlarning fikricha, yangi topilmalar Mingtepa yodgorligining siyosiy va madaniy hayoti, shuningdek, ilk o‘rta asrlarda hududning tarixiy taraqqiyotini yanada chuqurroq o‘rganish va yangi ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston janubidagi qadimiy tepaliklardan birida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ellinistik davrga oid yunon harbiy lageri izlari aniqlangandi.

Dilnura Urinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing