Samarqandda o‘zini osib qo‘ygan ayolning eriga jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
13 iyul 2022
14851Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 27 iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Toyloq tumani, “Bog‘izag‘on” mahallasida yashagan 31 yoshli kelin I.G. o‘zini yashash uyi mehmonxonasida ayollar ro‘moli bilan o‘zini o‘zi kiyim ilgichga osib joniga qasd qilgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limi osilishda bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, shuningdek marhumaning tanasida yengil tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, marhuma G.I.ning turmush o‘rtog‘i X.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
LiveBarchasi