Samarqandda o‘quvchining onasi maktab “zamdirektor”ini kaltakladi

3-sahifa

image

Samarqandda o‘quvchining onasi maktab direktori o‘rinbosarini kaltakladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toyloq tumanidagi 6-sonli maktab o‘quvchisi M.D. dars vaqtida ruchkani sinfdoshiga qarata otgan. Ruchka esa uning sinfdoshi X.N.ning ko‘ziga tegib jarohatlagan.

Shundan so‘ng, o‘quvchi shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Mazkur holatdan xabar topgan voyaga yetmagan X. N.ning onasi maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari  V.Sh. bilan tortishib, qizini shu ahvolga tushishiga uni sababchi qilib ko‘rsatgan. 

Shuningdek, o‘quvchining onasi uning turli joylariga urib, jarohat yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing