Samarqandda o‘quvchini kaltaklagan “zamdirektor” ishdan olindi
3-sahifa
−
04 Oktabr 2021
8912Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida o‘qituvchi 10 yashar bolani ayovsiz kaltaklagani aks etgan videolavha tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan tuman Xalq ta’limi bo‘limi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ikki hafta oldin Oqdaryo tumanidagi 53-umumta’lim maktabining 4-“V” sinfida o‘qiyotgan N.B.ga nisbatan maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.V. qo‘l ko‘targan. Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jangirov, tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri S.Ortiqova hamda boshqa mas’ullar ushbu holat bo‘yicha o‘rganish va tushuntirish ishlarini olib borgan.
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.V.ga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilib, u o‘z vazifasidan ozod qilingan.
Xabarga ko‘ra, hozirda o‘quvchi va uning ota-onasi tomonidan hech qanday e’tirozlar yo‘q.
LiveBarchasi