Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchisini kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda o‘qituvchi darsda o‘quvchini kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ushbu holat joriy yilning 16 dekabr kuni Samarqand shahridagi 21-sonli maktabda geografiya darsida sodir bo‘lgan. O‘qituvchi geografiya darsida koptok tepib o‘ynab o‘tirgan o‘quvchini darsga halaqit bermasligini aytib, bir necha bor ogohlantirgan. Keyin o‘qituvchi uni sinf xonasidan chiqarib yuborgan. 

Shundan so‘ng o‘quvchi sinfga derazadan kirib o‘qituvchini haqorat qilgan. Mazkur holatdan keyin o‘qituvchi bolani kaltaklagan.

Ushbu holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan “Xayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi o‘qituvchi va o‘quvchining onasi bilan alohida-alohida suhbatlashgan. Suhbat davomida o‘qituvchi bunday holat boshqa qaytarilmasligini va o‘z ishidan pushaymonligini bildirgan. O‘quvchining onasi esa bolasining sho‘xligini ta’kidlab, hech kimga da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing